O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyat sektorlari tashabbusi bilan uzoq muddatli migratsiyadan qaytib kelgan fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilinmoqda.Tibbiy ko‘riklar 15 maydan 31 mayga qadar barcha tuman va Xiva shahar tibbiyot birlashmalari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida, Urganch shahridagi 1-,2,-3, -4- son oilaviy poliklinikalarda o‘tkaziladi.Migratsiyadan qaytgan barcha yurtdoshlarimizni tibbiy ko‘riklarda faol ishtirok qilishga chorlaymiz!