Viloyat sektorlari tashabbusi bilan uzoq muddatli migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz uchun tibbiy ko‘riklar barcha tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida belgilangan reja asosida tashkil qilinmoqda.Bog‘ot tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bo‘lib o‘tayotgan tibbiy ko‘riklarda ham malakali mutaxassislar migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz salomatligini ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tavsiyalar bermoqdalar. Tadbirlar davomida sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilinmoqda.