Posts Categorized: 2025
- Bosh Sahifa
- 2025
TAYINLOV
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Rajabov Suxbat Arazmuxamedovich Shovot tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi. Suxbat Rajabov 1969 yilda Shovot tumanida tug‘ilgan 1993 yilda I Toshkent davlat tibbiyot institutini, 2001 yilda I Toshkent davlat tibbiyot institutining…
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Dard ortdi, narx ham ortdimi? Urganchda bolalar shifoxonasi nima sababdan pullikka aylanyapti?» mavzusida xabar tarqaldi. Unda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida pullik xizmat ko‘rsatilayotgani aytilgan. Xabarda keltirilgan holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni maʼlum…
Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy qilinadi
Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy qilinadi “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-88-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi. 🔰 Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya…
17 may – Butunjahon arterial gipertoniyaga qarshi kurash kuni
17 may – Butunjahon arterial gipertoniyaga qarshi kurash kuni 2005 yildan boshlab, har yili 17 may kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan, Butunjahon gipertoniyaga qarshi liga va Xalqaro gipertoniya jamiyati bilan hamkorlikda Butunjahon arterial gipertoniyaga qarshi kurashish kuni sifatida…
Sayyor qabuli o‘tkazildi
Bugun Shovot tumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullarining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir tumanlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan tibbiy masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘palboy Tangriberdiyev murojaatchilar bilan samimiy…
12 may – Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tabrik
Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘palboy Tangriberdiyevning 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tabrigi Hurmatli hamshiralar! Qadrli tibbiy birodarlar! Barchangizni 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida o‘rta tibbiyot…
Sog‘lom hayot sari yana bir qadam: Tuproqqalʼada chuqurlashtirilgan tibbiy...
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 18 apreldagi 102-sonli buyrug‘iga muvofiq, mamlakatimizda “Sog‘lomlashtirish oyligi” keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Ushbu sog‘lomlashtirish tadbirlari inson salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur oylik doirasida bugun…
Ayollar spartakiadasi o‘tkazildi
“Sog‘lomlashtirish oyligi” hamda 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Urganch shahar tibbiyot birlashmasi sog‘lom turmush tarzi bo‘limi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida ayollar o‘rtasida “ Salomatlik sari” shiori ostida spartakiada tashkil qilindi. Unda Urganch shahar tibbiyot birlashmasi va…
Gurlan tuman tibbiyot birlashmasida ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazish...
Xabar berganimizdek, Gurlan tuman tibbiyot birlashmasida ilk bor buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi. Xorazm telekanalining «Xorazm 24» dasturidagi lavha shu haqda
Turkiyalik professor boshchiligida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Bugun viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga Turkiya davlati Pamukkala universiteti rektori, professor, otorinolaringolog jarroh Ahmet Kutluhan keldi. Professor markaz otorinolaringologlari bilan birgalikda murakkab mikroskopik muolajalar bajardi va mahorat darslari…
«Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti vakillari Xorazmda
Shu kunlarda Xorazm viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi mutaxassislari hamda “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti shifokorlari Roza Kazaxbayeva, Nazlimxan Salatdinova, Elvira Allayarova, hamshiralar Rano Jiyenbayeva va Zerxan Baybosinova viloyatimizning bir qator tumanlarida bo‘lib, sil bilan kasallangan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazmoqdalar. Tuman tibbiyot…
MILLIY LIBOSLAR TARG‘IBOTI DAVOM ETMOQDA
Viloyat davolash profilaktika muassasalarida milliy liboslar targ‘iboti davom etmoqda. Tibbiyot xodimlari nafaqat ish joylarida, balki turli tadbirlarda ham milliy liboslarda ishtirok etib, ularning go‘zalligini ko‘z-ko‘z qilmoqdalar. Bugun viloyatimiz byo‘icha 15 mingga yaqin tibbiyot xodimlari milliy liboslarni targ‘ib qildilar.
Hisobot-saylov konferensiyasi
Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma tashklotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyati sarhisob qilindi hamda kelgusi yillarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
«Hamshira -2025» ko‘rik-tanlovi
«Hamshira -2025» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Xorazm teleradiokanalining «Xorazm 24» dasturida bu haqda batafsil so‘z boradi.
OAV, JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI.
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda «Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar» yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi Unda OAV vakillari va blogerlar ishtirok etib viloyatda…
Diqqat e’lon!
📆Joriy yilning 28-mart kuni soat 10-00 da Xorazm viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida «Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar» yuzasidan matbuot anjumani…
Urganch shahrida “Grand Cardio Pro” xususiy klinikasi ish boshladi
✅ Mazkur klinika yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va davolashga ixtisoslashgan bo‘lib, AQSH, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Koreyada ishlab chiqarilgan 74 turdagi tibbiy asbob anjomlar bilan jihozlangan. Klinikaning kardiologiya, kardiojarrohlik, reanimatsiya bo‘limlarida 44 ta statsionar shifo o‘rinlari mavjud bo‘lib, shuningdek, konsultativ…
MILLIYLIK KENG TARG‘IB QILINMOQDA
Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan aholi orasida milliylik keng targ‘ib qilinmoqda. Milliy madaniyatni asrab-avaylash, o‘zbek xalqining boy merosini yosh avlodga yetkazish, viloyat hayotida milliy anʼanalarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilga targ‘ibot tadbirlariga aholining turli qatlamlari, xususan yoshlar keng jalb qilinmoqda. Ushbu tadbirlarda milliy…
Qaror ijrosi nazoratda
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda RIOvaRIATM Xorazm filiali tomonidan O‘zbekicton Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosi yuzasidan Bog‘ot va Hazorasp tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Tahlil…
USTOZ NOMI HAMISHA QALBIMIZDA
Do‘schanov Baxtiyor Allaberganovich O‘zbekiston tibbiyot sohasining yirik vakillaridan biri, taniqli olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Do‘schanov Baxtiyor Allaberganovich 2025 yil 9 fevral kuni 75 yoshida olamdan o‘tdi. Baxtiyor Do‘schanov 1950 yil 11 noyabrda Urganch shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1974 yilda…
CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL QILINDI
Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida Gurlan tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, jami 487 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik jarayonlariga migratsiyadan qaytgan fuqarolar, yoshlar, extiyojmand oila aʼzolari jalb qilindi. 🔬O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra,…