Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda «Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar» yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi
Unda OAV vakillari va blogerlar ishtirok etib viloyatda sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Xorazm viloyatining 2 mln. 9 ming nafardan ziyod aholisiga jami 189 ta, shundan 31 ta viloyat darajasidagi shifoxona va dispanserlar, 13 ta tuman/shahar tibbiyot birlashmalari, 13 ta tuman/shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, 72 ta oilaviy poliklinika, 40 ta oilaviy shifokorlik punktlari, 100 ta mahalla tibbiyot punktlari, shuningdek, 20 ta qo‘shimcha (stomatologik poliklinikalar v.x) tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.