Shu kunlarda Xorazm viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi mutaxassislari hamda “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti shifokorlari Roza Kazaxbayeva, Nazlimxan Salatdinova, Elvira Allayarova, hamshiralar Rano Jiyenbayeva va Zerxan Baybosinova viloyatimizning bir qator tumanlarida bo‘lib, sil bilan kasallangan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazmoqdalar. Tuman tibbiyot birlashmalarida sil kasalligi haqida seminarlar tashkil qilinmoqda.