“Sog‘lomlashtirish oyligi” hamda 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Urganch shahar tibbiyot birlashmasi sog‘lom turmush tarzi bo‘limi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida ayollar o‘rtasida “ Salomatlik sari” shiori ostida spartakiada tashkil qilindi. Unda Urganch shahar tibbiyot birlashmasi va unga qarashli davolash profilaktika muassasalari hamshiralaridan iborat jamoalar ishtirok etidlar.
Qizg‘in bahslardan so‘ng arqon tortish bo‘yicha birinchi o‘rin 4-son oilaviy poliklinika, voleybol bo‘yicha 1-son oilaviy poliklinika jamoalariga nasib qildi. Bu kabi spartakiadalar davom etadi.
Maqsad tibbiyot xodimlari va aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ‘ib qilish, sog‘lom oila-sog‘lom jamiyatni shakllantirishdir.