Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Rajabov Suxbat Arazmuxamedovich Shovot tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi.
Suxbat Rajabov 1969 yilda Shovot tumanida tug‘ilgan 1993 yilda I Toshkent davlat tibbiyot institutini, 2001 yilda I Toshkent davlat tibbiyot institutining Urganch filiali klinik ordinaturasini, 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi.
1994-2003 yillarda Xorazm viloyati onkologiya dispanserida onkojarroh bo‘lib ishlagan. Uzoq yillar “Xorazm Dori-Darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga direktorlik qilgan.
Tayinlovga qadar “Norjon Ziyoda” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati