O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Xorazm viloyati tashkiloti hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari, tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Kamoljon Bekjonov, delegatlar va mehmonlar ishtirok etdi.
Viloyat kengashi raisi Ravshan Sheniyazov o‘tgan besh yillik faoliyat yuzasidan hisobot berdi. Shuningdek, taftish komissiyasi axboroti tinglandi. Faoliyat qoniqarli deb topildi.
Delegatlar muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga tarmoq kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisini sayladilar. Saylov natijalariga ko‘ra R. Sheniyazov eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Kun tartibidagi barcha masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.