Bugun milliy liboslar kuni munosabati bilan viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ibbiyot xodimlari milliy urf-odatlarimiz va anʼanalarimizni ulug‘lab, ish joylariga milliy ruhdagi kiyimlarda tibbiy xizmat ko‘rsatdilar. Milliy liboslarimiz nafaqat go‘zal va o‘ziga xos, balki xalqimizning boy tarixini, anʼanalarini o‘zida aks ettirishi yana bir bor eʼtirof qilindi.
O‘n mingdan ziyod soha vakillari ishtirok etgan chellenj xodimlar o‘rtasida milliy g‘urur va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiromni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.