“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda fuqarolar uchun qulaylik yaratishni ko‘zda tutadi.
Dastur doirasida Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamda oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlarda bir qator amaliy ishlar bajarildi. Xususan, aholi uchun qulay ro‘yxatxona va kutish zallari yangidan tashkil etildi. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan fuqarolar ehtiyojlari inobatga olingan holda maxsus xojatxonalar barpo etildi.
Mazkur tashabbuslar tibbiyot sohasidagi islohotlarning yana bir amaliy ko‘rinishi bo‘lib, fuqarolarning tibbiy xizmatdan roziligini oshirishga xizmat qiladi.