Har yili 30 iyul mamlakatimizda xalqlar do‘stligi, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni yuksak qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana O‘zbekistonda yashayotgan ko‘p millatli xalqning yakdilligi va o‘zaro hurmat ifodasi sifatida umummilliy ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston – bag‘rikenglik va ko‘p millatli jamiyat namunasi sifatida butun dunyoda eʼtirof etilgan mamlakatlardan biridir. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv, ahil va inoq hayot kechirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida milliy va diniy mansublikdan qatʼi nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari tengligining kafolatlangani yurtimizdagi bag‘rikeng siyosatning asosiy poydevoridir. Davlat siyosati doirasida millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, turli madaniy qadriyatlarni asrab-avaylashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ko‘plab milliy madaniy markazlar, Xalqlar do‘stligi uylari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Birdamligimiz barqaror bo‘lsin!