Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalikni muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali zalida navbatdagi patronaj doyalar soati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatma xati ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimiz bo‘ylab eʼlon qilingan «Sog‘lom homiladorlar haftaligi» doirasida tashkil etildi.
Unda filial direktori, tibbiyot fanlari doktori Salomat Matyaqubova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh hamishrasi Bikajon Matjanova so‘zga chiqib, patronaj doyalar oldidagi dolzarb vazifalar haqida to‘xtaldilar.
Tadbir davomida bir guruh faol patronaj doyalar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining Faxriy yorlig‘i, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


