DMED omborxona moduli bo‘yicha seminar tashkil etildi
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Urganch tuman tibbiyot birlashmasi katta majlislar zalda viloyatdagi barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi katta hamshiralar uchun seminar tashkil etdi.
Seminarni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jumanazar Qurbonov olib bordi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — DMED “Yagona tibbiyot axborot tizimi”ning omborxona modulini ishlatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berish, shuningdek, dori vositalar va tibbiy buyumlarning xisob-kitobini to‘g‘ri yuritilishini taʼminlashdan iborat bo‘ldi.
Seminarda qatnashgan katta hamshiralar, tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi soha mutaxassislari va boshqa mansabdor shaxslar DMED omborxona modulining imkoniyatlari, uning ishlash tartibi va har bir tibbiy muassasadagi ishlov jarayonlari bilan bog‘liq muhim savollar bo‘yicha atroflicha maʼlumot oldilar.
DMED tizimida omborxona modulining ahamiyatini, uning dori vositalarining tarkibi va hisobini to‘g‘ri olish, moduldagi maʼlumotlarni shakllantirish, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, shuningdek, barcha tibbiy buyumlarning xisobini yuritishdagi aniqlik va xavfsizlikka erishish yo‘llari tushuntirildi.



