📍 Shovot tumanida “Oila hamshiralarining ish faoliyati” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
👥 Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulbika Allaberganova, Shovot tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbarlari, shifokorlar, oila hamshiralari ishtirok etdi.
🎙 RIOBSIATM XF rahbari Salomat Matyakubova o‘z nutqida oila hamshiralarining jamiyatdagi o‘rni va bugungi kunda ular zimmasiga yuklatilgan masʼuliyat haqida to‘xtalib o‘tdi.
🗂 Shundan so‘ng «Oila hamshiralarining asosiy vazifalari» mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Bu jarayonda:
🔹 Oila hamshirasining profilaktik ishlardagi faol ishtiroki,
🔹 Ayollar va bolalar salomatligini taʼminlashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
🩺 Keyingi sessiyada:
🤰 Xomiladorlarda xavf belgilarini aniqlash,
📋 Tibbiy va skrining tekshiruvlarining ahamiyati kabi amaliy masalalar tahlil qilindi.
👩⚕️ Oila hamshirasining taktikasi, bemorga yordam ko‘rsatish usullari va ko‘riklarni tashkil etish tartibi batafsil tushuntirildi.
📑 Shundan so‘ng:
PQ-402-sonli qaror ijrosi va Shovot tumanidagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.
📌 Bu qaror oilaviy tibbiyot tizimida yangi talablar va yondashuvlarni belgilab berishi taʼkidlandi.
💻 Oila hamshirasining elektron bazasi,
🏥 Oilaviy poliklinika bilan hamkorlik,
🗃 Hisobot va hujjat yuritish tartibi kabi texnik va tashkiliy masalalar ham muhokama qilindi.
📊 Raqamlashtirish jarayonlaridagi dolzarblik va aniq hisobot yuritishning ahamiyati alohida urg‘u bilan qayd etildi.
❓ Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, takliflar bildirishdi.
✅ Shovot tumanidagi ushbu seminar:
🔧 Oila hamshiralari uchun amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash,
🧩 Faoliyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va
📝 Yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.



