✅ Ayni daqiqalarda Sog‘liqni saqlash vazirligida “Elektron retsept” modulini tibbiyot muassasalarida joriy etish, DMED axborot tizimidan samarali foydalanish kabi qator masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
📎 Tadbirni vazir o‘rinbosari Olim Omonov olib boryapti.
➡️ Unda vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash muassasalari hamda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining raqamlashtirish bo‘yicha masʼullari, poytaxt tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari, oilaviy poliklinika bosh shifokorlari, Yagona integrator – “Uzinfocom” rahbariyati va xodimlari hamda IT-hamshiralar ishtirok etmoqda.
💻 Shuningdek, joylardagi studiyalardan hududiy sog‘liqni saqlash tizimi masʼullari qatnashyapti.
📌 Dastlab tadbirda vazir o‘rinbosari O.Omonov Prezidentimiz tomonidan tibbiyot tizimini raqamlashtirish borasida belgilangan vazifalar, ularning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar xususida to‘xtalib o‘tmoqda.




