✅ Hukumat qarori (718-son, 11.11.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. (https://t.me/huquqiyaxborot/18864)

➡️ Nizomga ko‘ra, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz, o‘z ixtiyori bilan murojaat qilganda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi.
🔎 Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlardan tashqari xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va pulli asosda ko‘rsatiladi.
📝 Mijoz tibbiyot muassasalarining ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.
🪪 Har bir mijozning tibbiy kartasiga uning shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlari asosida pulli xizmat ko‘rsatilishi belgilanadi.
📌 Mijozlar tibbiyot muassasasiga to‘lovni oldindan to‘liq to‘lash shartlarida qabul qilinadi.
🔬Tibbiyot muassasalariga kelgan shaxslar tasdiqlangan narxnoma bo‘yicha haq to‘lagandan so‘ng maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashxis qo‘yishga yuboriladi.
🏥 Tekshiruv natijalariga ko‘ra tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yuborish va (yoki) mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.

