Yangibozor tumanida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida turli yo‘nalishlarda maʼrifiy uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar jarayonida mutaxassislar tomonidan:
• sog‘lom ovqatlanish qoidalari,
• jismoniy faollikning ahamiyati,
• toza qo‘l va shaxsiy gigiyena madaniyati,
• tamaki va nos isteʼmolining zararli oqibatlari,
• kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar
borasida tushuntirishlar berilmoqda.

Aholi bilan jonli muloqot tashkil etilib, ularga sog‘lom odatlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, eslatmalar va bukletlar tarqatilmoqda.
Sog‘lom turmush tarzi — sog‘lom jamiyatning poydevori! 💚

