Bugun Yangibozor tumanidagi taʼlim muassasalari, bozorlarda, oziq-ovqat do‘konlarida va boshqa jamoat joylarida salomatlikni targ‘ib qilish bo‘yicha qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida:

• Sog‘lom ovqatlanish va gigiyena qoidalari bo‘yicha maslahatlar berildi;
• Bolalar va kattalar uchun mini-sport mashg‘ulotlari uyushtirildi;
• Sog‘lom hayot tarzi bo‘yicha maʼlumotli bukletlar tarqatildi;
• Shifokorlar va mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

