
Bugun Yangibozor tumanining Yuqori Boshqir mahallasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘palboy Tangriberdiyev va respublika Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Baxtiyor Umarovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari rahbarlari ham ishtirok qildilar.

Qabul jarayonida 82 ta murojaat tinglandi. Har bir murojaat tegishli ravishda ko‘rib chiqilib, ularning 17 tasi Respublika Bolalar milliy tibbiyot markaziga yuborildi. Qolgan 65 ta murojaat bo‘yicha viloyatimizdagi ixtisoslashgan markazlar filiallarida operativ va konservativ davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Ushbu sayyor qabul aholiga tibbiy yordamni yana-da yaqinlashtirish va muammolarni operativ hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

