Urganch shahar tibbiyot birlashmasi statsionar shifoxonasida bolalar bo‘limi ishga tushirildi. Bo‘lim tarkibida bolalar uchun alohida davolash palatalari, bolalar anesteziologiya–reanimatsiya bo‘linmasi, shuningdek, kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi pediatriya postlari tashkil etildi. Bo‘lim zamonaviy standartlarga javob beradigan to‘liq, yangi tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi.

Shuningdek, “D-med” elektron tizimi orqali Urganch shahar aholisiga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bolalar bo‘limi faoliyatining asosiy vazifalaridan biri — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning hayot sifatini yaxshilash, ularning salomatligini mustahkamlash va dolzarb kasalliklarni erta aniqlab, samarali davolashdir. Shu bilan birga, bolalarda nogironlik holatlarining oldini olish, reabilitatsiya xizmatlarini kuchaytirish ham ushbu bo‘lim faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

