
✅ Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentyabrdagi tegishli qarori bilan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasportiga o‘zgaritish kiritilmoqda.
📆 Unga muvofiq, 2025 yil 10 dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da, 2026 yil yakuniga qadar esa respublikaning barcha hududlaridagi dorixonalar “Elektron retsept” moduli bilan belgilangan maʼlumotlarning real vaqt rejimida almashilishini taʼminlashi shart.
📌 Eslatib o‘tamiz, dorixonalar tomonidan retsept asosida beriladigan dori vositasini retseptsiz berganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan. (https://t.me/uzpharmcontrol/3762)
‼️ Endilikda bunday dori vositalarini xarid qilishda yurtdoshlarimiz dorixonaga, albatta, shifokor tomonidan tizimga kiritilgan elektron retsept asosida murojaat etishlari tavsiya qilinadi.

