Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
Bugun viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga Turkiya davlati Pamukkala universiteti rektori, professor, otorinolaringolog jarroh Ahmet Kutluhan keldi. Professor markaz otorinolaringologlari bilan birgalikda murakkab mikroskopik muolajalar bajardi va mahorat darslari olib bordi. Bir qator bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, masalahatlar berildi.