Bugun Shovot tumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullarining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir tumanlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan tibbiy masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘palboy Tangriberdiyev murojaatchilar bilan samimiy suhbatlashib, aksariyat masalalarni joyida hal qildi. Shuningdek, bazi masalalar zarur choralar ko‘rish uchun masʼullarga yo‘naltirildi hamda fuqarolarga maslahat va tavsiyalar berildi.