“FAXRIY DONOR” NISHONI TOPSHIRILDI
Bugun viloyat qon quyish markazida bo‘lib o‘tgan aksiyada uzoq yillardan buyon qon topshirib, yuzlab insonlar hayotini saqlab qolgan yurtdoshimiz Umidbek Allaberganovga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi.
Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Sanʼatbek Salayev nishonni o‘z egasiga topshirar ekan, qon donorligining ahamiyatini yana bir bor eʼtirof qildi. Shu bilan birga ushbu nishon sohibiga berilgan imtiyozlar haqida to‘xtaldi.
💰 “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar BHMning 15 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
🚌 Shuningdek, o‘zlari uchun qulay vaqtda har yilgi mehnat taʼtiliga chiqishi mumkin va ular shahar yo‘lovchi transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanadi. Sanatoriy-kurortlarga yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqiga ega.