Nogironlikni belgilash tizimida Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tashkil etildi
Hukumat qarori bilan:
🖥 nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida elektron shakllantirilishi belgilandi;
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining hamshira hamda axborot texnologiyalari mutaxassisi shtat birliklari tugatildi;
🔎 Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshida 7 ta shtat birligidan iborat tarkibda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tashkil etildi;
📋 tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida terapevt, nevrolog, xirurg, pediatr vrach-ekspert lavozimiga ishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan tibbiy mutaxassisliklar ro‘yxati tasdiqlandi;
‼️Hukumatning ayrim qarorlarida TIEK tomonidan kasbga, sportga va taʼlimga tavsiya berishga oid belgilangan normalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topildi.


