Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi majlislar zalida Gurlan, Yangibozor va Urganch tumanlaridagi statsionar tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan katta hamshiralar uchun seminar tashkil qilindi.
Seminarni Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jumanazar Qurbonov olib bordi.
Tadbirda DMED doirasida statsionar muassasalarda faoliyat yuritayotgan katta hamshiralarning omborxona masʼulligi, dori-darmon va tibbiy anjomlar zaxirasini to‘g‘ri yuritish, ularning hisobini aniq olib borish, shuningdek, tibbiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida katta hamshiralarga mavzu yuzasidan aniq tavsiyalar berildi, savol-javoblar tashkil qilindi.



