
Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yangibozor tuman bo‘limi boshlig‘i N. Matrasulov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hududda faoliyat yuritayotgan xususiy dorixonalar, xususiy klinikalar hamda “Xorazm dori-darmon” MCHJga qarashli dori shaxobchalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yana-da jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 570-sonli qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, davlat va xususiy dorixonalarda “Elektron retsept” tizimini joriy etish hamda “DMED” axborot tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish masalalari muhokama qilindi.

