

O‘zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan “Xorazm viloyatida ayollar orasida onkologik kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash hamda profilaktik tadbirlarni tizimli va samarali tashkil etish” nomli ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida loyiha ishtirokchilari bilan o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasi Xorazm bo‘limi faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Seminar qizg‘in muhokamalar va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

