
Bugun Qo‘shko‘pir tumanida Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining sayyor qabuli tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Murod Raxmatullayev ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida tuman aholisining sog‘liq bilan bog‘liq muammolari, tibbiy xizmat sifati va davolanish masalalari yuzasidan murojaatlari o‘rganildi. Qabulda jami 27 nafar fuqaro sog‘lig‘i bilan bog‘liq turli masalalar bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan holatlar bo‘yicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash va tibbiy xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

