«Hamshira -2025» ko‘rik-tanlovi
«Hamshira -2025» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Xorazm teleradiokanalining «Xorazm 24» dasturida bu haqda batafsil so‘z boradi.
Please activate some Widgets Or disable it from theme option
«Hamshira -2025» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Xorazm teleradiokanalining «Xorazm 24» dasturida bu haqda batafsil so‘z boradi.
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda «Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar» yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi Unda OAV vakillari va blogerlar ishtirok etib viloyatda…
📆Joriy yilning 28-mart kuni soat 10-00 da Xorazm viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida «Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar» yuzasidan matbuot anjumani…
✅ Mazkur klinika yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va davolashga ixtisoslashgan bo‘lib, AQSH, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Koreyada ishlab chiqarilgan 74 turdagi tibbiy asbob anjomlar bilan jihozlangan. Klinikaning kardiologiya, kardiojarrohlik, reanimatsiya bo‘limlarida 44 ta statsionar shifo o‘rinlari mavjud bo‘lib, shuningdek, konsultativ…
Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan aholi orasida milliylik keng targ‘ib qilinmoqda. Milliy madaniyatni asrab-avaylash, o‘zbek xalqining boy merosini yosh avlodga yetkazish, viloyat hayotida milliy anʼanalarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilga targ‘ibot tadbirlariga aholining turli qatlamlari, xususan yoshlar keng jalb qilinmoqda. Ushbu tadbirlarda milliy…
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda RIOvaRIATM Xorazm filiali tomonidan O‘zbekicton Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosi yuzasidan Bog‘ot va Hazorasp tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Tahlil…
Do‘schanov Baxtiyor Allaberganovich O‘zbekiston tibbiyot sohasining yirik vakillaridan biri, taniqli olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Do‘schanov Baxtiyor Allaberganovich 2025 yil 9 fevral kuni 75 yoshida olamdan o‘tdi. Baxtiyor Do‘schanov 1950 yil 11 noyabrda Urganch shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1974 yilda…
Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida Gurlan tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, jami 487 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik jarayonlariga migratsiyadan qaytgan fuqarolar, yoshlar, extiyojmand oila aʼzolari jalb qilindi. 🔬O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra,…
Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yil 17 dekabrda “Yagona tibbiyot axborot tizimini joriy qilish to‘g‘risida” 384-sonli buyruq qabul qildi. Shu kunlarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan barcha shahar-tuman tibbiyot birlashmalarida ushbu buyruq ijrosini taʼminlashga qaratilgan seminarlar o‘tkazilmoqda. Seminarlarda D-MED yagona axborot…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 sentyabrdagi PQ-5246-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi moliyaviy ko‘magi asosida ko‘makchi hamkor Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish”…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4024-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot va kiberxavfsizlikni…
Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘i Katli mahallasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ushbu mahallada 2670 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 933 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 760 nafari tug‘ish yoshidagi ayollardir. 356nafar fuqaro turli kasalliklar…
Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayev Umidbek Kamilovich Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i-ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri lavozimiga tayinlandi. Umidbek Abdullayev 1997 yilda Toshkent davlat meditsina instituti Urganch filialini tamomladi. Mehnat faoliyatini Xonqa tuman ambulatoriya poliklinika…
Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Bayrog‘imizdagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos maʼnoga ega: Moviy rang – kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikni o‘zida aks ettiradi; Oq rang – poklik, beg‘uborlikni ifodalab…
Doimiy charchoq va chanqoq hissi… Ayrim insonlar aynan mana shunday ko‘ngilsiz holatlardan aziyat chekishayotganini bot-bot aytishadi. Nafaqat chanqash, balki tez-tez och qolish ham aynan siz va biz taxmin qilayotgan kasallik – qandli diabetga xos alomatlardandir. Xalqaro diabet federatsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda…
📊 So‘nggi yillarda butun dunyoda diabetga chalingan bemorlar soni ortib bormoqda. JSST ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda dunyoda 529 million kishi qandli diabet bilan kasallangan, 2050 yilga borib esa bunday bemorlar soni qariyb bir yarim milliardga yetishi mumkin. 📹 Kuni…
Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘palboy Tangriberdiyev ishtirokida tizimdagi davolash profilaktika muassasalari rahbarlari, kasaba uyushma qo‘mitalari raislari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Ochiq muloqotda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘palboy Tangriberdiyev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi raisi…
Viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Tuproqqalʼa tumanida tibbiy ko‘riklar tashkil qilinmoqda. RSHTYOIM Xorazm filiali, respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalar malakali mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan Tuproqqalʼa massivi aholisi hamda…
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 sentyabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muxofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda davlat rahbarining 2023 yil 24-25 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 35-sonli bayoni ijrosini taʼminlash…
🕰 So‘nggi 100 yil ichida tibbiyot taraqqiyoti va turmush tarzining yaxshilanishi tufayli insoniyatning umr ko‘rish davomiyligi oshdi. Hozirda o‘rtacha umr ko‘rish AQSHda taxminan 84 yosh, Yaponiyada esa 86 yoshni tashkil qiladi. 🔗 Olimlar uzoq umr ko‘rishning bir qancha omillari borligini…
Xabaringiz bor, joriy yilning 24-25-avgust kunlari butun yurtimiz bo‘ylab Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu hasharda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi barcha tibbiyot muassasalari jamoalari ham uyushqoqlik va…
Korrupsiya – siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa bo‘lib, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek bu boylik…
TIBBIY VA HUQUQIY TARG‘IBOT UCHRASHUVI Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda Shovot tumanida «Sog‘lom hayot» hamda «Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi» doirasida tibbiy va huquqiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi….
ONA SUTI JON OZIG‘I Ona suti — go‘daklar uchun eng mukammal ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko‘plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar, vitaminlar, gormonlar va boshqa ko‘plab foydali mikroelementlar mavjud. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha…
Bugun Xiva shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston hamshiralar Assotsiatsiyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi tomonidan «Sog‘lom turmush tarzi — yaxshi xayot maqsadi» Davlat grant loyihasi doirasida hamshiralar va aholi vakillari ishtirokida suhbatlar tashkil etildi. Unda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarni erta aniqlash,…
Bugun Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Urganch filialida «Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan homiladorlar va tug‘ish yoshidagi ayollarni olib borish algoritmi» mavzuida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullari, viloyat…
Viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasiga rahbar tayinlandi. Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Otajonov Omonboy Jumaniyozovich viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bosh shifokori lavozimiga tayinlandi. Omonboy Otajonov 1985 yilda tug‘ilgan. 2012 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining stomatologiya yo‘nalishini tamomlab,…
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘rsatmasi asosida RIO va BIATM Xorazm filialida viloyatimiz patronaj doyalari uchun seminar tashkil qilindi. Seminarda filial direktori Salomat Matyoqubova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh hamshirasi Bikajon Matchanova, viloyat lider doyasi Dilnoza Tohirova, Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos…